Bavariya aksiyalarining bir qismini Viessmann kompaniyasiga sotadi
Bavariya o'z aksiyalarining qolgan 5 foizini 250 million yevro evaziga Viessmann kompaniyasiga sotishga qaror qildi.
🆕 «Bavariya» kelajak uchun muhim qaror qabul qildi!
Klub prezidenti Gerbert Xayner boshchiligidagi direktorlar kengashi aksiyadorlik jamiyatining qolgan 5 foiz aksiyasini Viessmann kompaniyasiga sotishga qaror qildi. Bitim qiymati 250 million yevroni tashkil etadi. Allendorfda joylashgan isitish uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniya tez orada platinaviy darajadagi hamkor maqomidan bosh hamkor darajasiga ko'tariladi va bu uni Telekom bosh homiysi hamda Adidas, Audi va Allianz aksiyadorlari bilan bir qatorga qo'yadi.
📊 Hozirgi vaqtda Adidas, Audi va Allianz klubning har biri 8,33 foiz aksiyasiga egalik qiladi.
Ustavga ko'ra, «Bavariya» qolgan 5 foiz aksiyani klub a'zolarining roziligisiz sotishi mumkin va ular aynan shunday yo'l tutishga qaror qilishdi.
✨ Uli Xyones 2025-yil noyabr oyida shunday degandi:
«Biz a'zolarimiz bilan 30 foizdan ortig'ini sotmaslik bo'yicha kelishuvga egamiz. Nazariy jihatdan, biz 5 foizni a'zolar bilan kelishmasdan sotishimiz mumkin. Ko'proq ulush uchun esa uchdan ikki qismning roziligi talab etiladi. Biz esa bunga hech qachon erisha olmaymiz».
«Bavariya» va Viessmann o'rtasidagi hamkorlik bosqichma-bosqich rivojlanib bordi: 2018-yilda kompaniya Xitoyda rasmiy mintaqaviy hamkorga aylandi, 2021-yilda hamkorlik Janubi-Sharqiy Osiyoga kengaytirildi va Viessmann tanlangan Yevropa bozorlarida rasmiy iqlim hamkoriga aylandi. 2022/2023-yilgi mavsum boshida hamkorlik global darajaga chiqdi. 2023/2024-yilgi mavsumdan boshlab kompaniya ayollar jamoasi hamkori hisoblanadi. Joriy yilning fevral oyida esa xalqaro hamkorlik muddatidan oldin 2029-yilgacha uzaytirilgan edi. Maks Vissmann («Viessmann» bosh direktori) allaqachon «Bavariya» kuzatuv kengashi a'zosi hisoblanadi. Kompaniya aksiyalarini sotib olish ushbu uzoq yillik hamkorlikdagi navbatdagi qadamni anglatadi.
📰 Manuel Bonke, Philipp Kessler, Hanna Raif