Mamadu Kulibali va Jordan Teze jarohat oldi
Mamadu Kulibali va Jordan Teze jarohat sababli bir nechta o'yinni o'tkazib yuborishadi. Teze xalqaro tanaffusdan keyin qaytishi kutilmoqda.
🚑 Nice-Matin xabariga ko'ra, Mamadu Kulibali va Jordan Teze jarohat olib, bir nechta o'yinni o'tkazib yuborishadi.
Kutilishicha, Teze xalqaro tanaffusdan so'ng safga qaytadi.
Kvadriceps mushagidagi jarohatdan aziyat chekayotgan Kulibalining qaytishini esa biroz ko'proq kutishga to'g'ri keladi.