Manuel Pellegrini bilan shartnomani uzaytirish masalasi hozircha kun tartibida emas
Manu Faxardo Manuel Pellegrinining «Betis» bilan shartnomasini uzaytirish masalasi hozircha kun tartibida emasligini ma'lum qildi.
Manu Faxardo Manuel Pellegrinining «Betis» bilan shartnomasini uzaytirish haqida:
Hozir bu ustuvor vazifa emas; shartnomani uzaytirish masalasi hozircha kun tartibida turgani yo'q. Biz shoshilmaymiz va mavsum qanday kechishini kuzatamiz. Hali juda erta. Uning shartnomasi kabi, bir qator asosiy futbolchilarning shartnomalari ham 2027-yilgacha mo'ljallangan.