Manuel Pellegrini bilan shartnomani uzaytirish masalasi hozircha kun tartibida emas
«Betis» sport direktori Manuel Faxardo Manuel Pellegrini bilan shartnomani uzaytirish masalasi hozircha ko'rib chiqilmayotganini ma'lum qildi.
Hozircha murabbiy masalasida aniq hech narsa yo'q...
«Betis» sport direktori Manuel Faxardo Manuel Pellegrini bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi savolga javob berdi; u mavsum endigina boshlanganini, shu sababli bu masala hozircha kun tartibida turmaganini ta'kidladi.
Bu haqda u Onda Cero radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o'tdi.