Maffeo hakamdan norozi, Marselo esa unga javob qaytardi
Maffeo hakamning qarorlaridan norozi bo'lib chiqdi, Marselo esa uning so'zlariga hazilomuz munosabat bildirdi.
Maffeo ("Valensiya" himoyachisi) — o'yin tanaffusida: "Hakam adolatsiz! Bu shunchaki g'azablantiradigan holat! Referi "Madrid" foydasiga fol qayd etmoqda, aslida esa ular bo'lmagan.
Birinchi gol epizodida men Mbappe ustidan fol ishlatmadim. Bu shunchaki to'liq axlat! Men bu intervyuni berishni ham xohlamayman. Bu axlat. Shunchaki to'liq axlat! "Madrid"ning birinchi goligacha hech qanday fol bo'lmagan. Hakam adolatsiz!"
Marselo — ijtimoiy tarmoqlarda: "Bu Maffeo [ispanchada "mas feo" — "yanada xunukroq"] "Real Madrid"dan qanday nafratlanadi... Onajonim 😂"