Mustaqil komissiya «Manchester Siti»ga nisbatan sanksiyalar masalasini ko'rib chiqadi. Klub ochko yo'qotishi yoki ligadan chetlatilishi mumkin.
Martyn Ziegler — ishonchli manba:
Mustaqil komissiya yaqin haftalar ichida yig'ilish o'tkazib, unda «Manchester Siti»ga nisbatan sanksiyalarni belgilaydi.
Ingliz futbolidagi nufuzli shaxslar klubga shunchalik katta miqdorda ochko olib tashlash jazosi tayinlanishi kerakki, uning Premer-ligadan chiqib ketishi deyarli muqarrar bo'lib qolsin, deb hisoblashadi.
Komissiyada, shuningdek, «Manchester Siti»ni ligadan chetlatish, transfer taqiqini qo'yish va moliyaviy jarima belgilash imkoniyati ham mavjud.