#Maties Fernandes Pardo — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Maties Fernandes Pardo «Nyukasl»ga o'tdi

Maties Fernandes Pardo «Nyukasl»ga o'tdi

«Nyukasl» «Lill» vingeri Maties Fernandes Pardoni 60 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib oldi.

«Nyukasl» «Lill» bilan 21 yoshli belgiyalik vinger Maties Fernandes Pardo transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Transfer summasi 60 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, 5 million yevro bonuslar ko'rinishida nazarda tutilgan.

«Lill» Pardoni 2024-yil yozida Belgiyaning «Gent» klubidan 11,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. Yillik amortizatsiya 2,3 million yevroni, balans qoldig'i esa 6,9 million yevroni tashkil qiladi. «Lill» darhol 53,1 million yevro sof foyda ko'radi, bonuslar esa faollashganda hisoblanadi.

«Nyukasl» uchun transfer yiliga 12 million yevroga tushadi (besh yillik yoki undan ortiq shartnoma shartlarida), bunga maosh qo'shiladi. Bonuslar esa faollashganda xarajatlar qatoriga kiritiladi.

«Lill» uchun bu haqiqiy jekpot – ikki yil ichida yosh futbolchi uchun x6 daromad. «Nyukasl» esa o'tgan mavsum Liga 1'da 8+5 natija qayd etgan iqtidorli futbolchini qo'lga kiritdi. Pardo ham qanotda, ham markaziy hujumchi sifatida o'ynay oladigan universal futbolchi. U Gordon uchun juda mos o'rinbosar hisoblanadi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.