Deyan Kulusevski safga qaytishga yaqin
Deyan Kulusevski jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va tez orada maydonga qaytishi kutilmoqda.
Matt Barlow xabariga ko'ra, Deyan Kulusevski «Xotspur-Uey» bazasida 18 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan o'yinchilardan iborat jamoaga qarshi 11 ga 11 formatidagi o'yinda ishtirok etdi. U tiklanish jarayonida va maydonga qaytishga juda yaqin.