Skott Maktominey jarrohlik amaliyotini o'tkazishi mumkin
«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominey oyoq panjasidagi muammo sababli operatsiya qilinishi mumkin. Tiklanish jarayoni 7-10 kunni olishi kutilmoqda.
Skott Maktominey jarrohlik amaliyotini o'tkazishi mumkin.
Shotlandiyalik yarim himoyachi, «Napoli» futbolchisi oyoq panjasidagi surunkali muammo sababli kichik operatsiyaga muhtoj bo'lishi mumkin. Neapol klubi tibbiyot xodimlari vaziyatni sinchkovlik bilan baholamoqda va muammoni uzil-kesil hal qilish uchun jarrohlik aralashuvini istisno etmayapti.
Sport Mediaset nashriga ko'ra, shifokor Matteo Vitale operatsiya haqida qaror qabul qilinsa, tiklanish davri uzoq yoki murakkab bo'lmasligini va 7-10 kunni tashkil etishini ta'kidladi.