Piter Shmeyxel: «Manchester Yunayted» rahbariyati Maykl Kerikka ishonch bildirmoqda»
Piter Shmeyxel «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerikning kelajagi va klub rahbariyatining unga bo'lgan ishonchi haqida gapirdi.
Piter Shmeyxel Maykl Kerik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Agar siz «Manchester Yunayted» murabbiyi bo'lsangiz, doimo bosim ostida qolasiz. Unga zudlik bilan ishdan bo'shatilish xavfi bormi? Men bunday deb o'ylamayman.
O'ylaymanki, klub rahbariyati Maykl Kerikka katta ishonch bildirmoqda, ular sabr-toqat ko'rsatishmoqda va bu jamoani tiklash jarayoni ekanligini, buning uchun vaqt kerakligini tushunishmoqda».