Mera: «Lens»ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga loyiq edik»
«Olimpik Lion» bosh murabbiyi Mera «Lans»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎙️ Mera: «Avvalo, biz, albatta, bu yerdagi mag'lubiyatdan hafsalamiz pir bo'ldi. Biz g'alaba bilan qaytishni istagandik. Birinchi bo'lim biz uchun unchalik muvaffaqiyatli chiqmadi, xususan, o'yin rejasiga amal qilmaganimiz sababli. Bu mavsumdagi ilk mag'lubiyatimiz, ammo u haqida uzoq o'ylashga vaqtimiz yo'q. Payshanba kuni muxlislarimiz qarshisida muhim o'yin kutib turibdi.
Men «Renn»ga qarshi o'yin bilan bugungi bahs o'rtasidagi farqni aniq tushuntirib bera olmayman. Bular ikki xil uchrashuv, turli vaziyatlar va raqiblar. Biz yutqazdik va bunga qarshi hech narsa deya olmaymiz. «Lans»ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz ikkinchi golni o'tkazib yubordik, uni oldini olish mumkin edi, garchi o'sha vaqtga kelib o'yin nazoratini yaxshiroq qo'lga olgan bo'lsak ham. Endi yagona yechim — ishga qaytish».