#Migel Anxel Ortis Arias — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Barcelona - Atletik uchrashuvini Migel Anxel Ortis Arias boshqarib boradi

Barcelona - Atletik uchrashuvini Migel Anxel Ortis Arias boshqarib boradi

La Liga doirasidagi "Barselona" - "Atletik" uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma'lum bo'ldi.

Migel Anxel Ortis Arias "Barselona" - "Atletik" uchrashuvini boshqarib boradi.

📊 "Barsa"ning ushbu hakam bilan statistikasi: ✅ 9 g'alaba, 🤝 2 durang, ❌ 1 mag'lubiyat.

🔙 U bilan o'tkazilgan oxirgi o'yin: noyabr oyida "Alaves"ga qarshi bahs (3:1 hisobidagi g'alaba).

🖥 Xorxe Figeroa Vaskes VAR tizimiga mas'ul bo'ladi.

O'ng ustun yangiliklari

Madrid derbisini ilk bor madridlik hakam boshqaradi

Madrid derbisini ilk bor madridlik hakam boshqaradi

Madrid derbisini ilk bor madridlik hakam Migel Anxel Ortis Arias boshqarib boradi. Uning statistikasi va faoliyati haqida ma'lumotlar.

😗 Migel Anxel Ortis Arias ilgari hech qachon «Real» o'yinlarida hakamlik qilmagan.

• Ispaniya futboli tarixida ilk bor Madrid derbisini aynan madridlik hakam boshqarib boradi. Bu o'tgan mavsumda Hakamlar texnik qo'mitasi hududiy cheklov qoidasini bekor qilganidan so'ng amalga oshdi. Ushbu qoida hakamlarga o'zlari tug'ilib o'sgan hudud jamoalari o'yinlarida ishlashni taqiqlardi.

• Ortis Arias 2021-yildan buyon Ispaniya oliy divizioni hakami hisoblanadi. Shu vaqt ichida u chempionatda 97 ta o'yinni boshqargan, uning faoliyatidagi eng katta yutug'i esa Ispaniya Superkubogi yarim final o'yini bo'lgan.

• La Ligada Ortis Arias o'rtacha har bir o'yinda 4 ta sariq kartochka ko'rsatadi, har 3 o'yinda bir marta qizil kartochka chiqaradi va har 4 o'yinda bir marta penalti belgilaydi.

• Ortis Arias «Atletiko» ishtirokidagi 1 ta o'yinni boshqargan – o'tgan mavsumda «Xetafe»ga qarshi. «Matraschilar» 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan va «Xetafe» himoyachisiga qizil kartochka ko'rsatilgan.