Pablo Pajis otasi Mikael Pajis bilan munosabatlari haqida
Pablo Pajis otasi Mikael Pajis bilan bo'lgan munosabatlari hamda uning futbolchi sifatida shakllanishidagi o'rni haqida gapirib berdi.
Pablo Pajis o'z intervyusida otasi Mikael Pajis bilan bo'lgan munosabatlari hamda otasining futbolchi sifatida shakllanishidagi o'rni haqida so'zlab berdi:
«U mening futbol hayotimda juda muhim rol o'ynagan va hozir ham o'ynashda davom etmoqda».
O'yinlardan keyin ularning muloqoti ba'zan juda talabchan bo'ladi:
«U qattiqqo'l, juda qattiqqo'l. Lekin men bilamanki, bu menga haqiqatan ham foydali, chunki u har safar o'z imkoniyatlarimning maksimumini ko'rsatishimni istaydi».
Avlodlar o'rtasidagi farq ba'zan bahslarga sabab bo'ladi:
«U hali ham o'tgan yillardagi futbol tushunchalari bilan fikrlaydi. Lekin men unga aytaman: o'sha davr futboli — bu allaqachon o'tmish. Futbol o'zgardi».