Mohamed Amoura uchun «Lion» kurashga qo'shildi
Mohamed Amoura «Nitssa» bilan kelishib olgan bo'lsa-da, «Lion» futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun kurashmoqda.
Nabil Jelli xabariga ko'ra, Mohamed Amoura «Nitssa» bilan kelishuvga erishgan bo'lsa-da, Liga 1'ning yana bir klubi uni o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda.
«Lion» faol harakat qilib, jazoirlik futbolchini aynan o'z safiga o'tishga ko'ndirishga urinmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi yaqin 24 soat ichida Fransiyaning janubiga yetib kelishi kerak.