Mohamed Masturi «Esperans»ga o'tdi
Mohamed Masturi Maxachqal'aning «Dinamo» klubidan Tunisning «Esperans» jamoasiga ko'chib o'tdi. Transfer summasi 800 ming yevroni tashkil qiladi.
Karp xabariga ko'ra, Maxachqal'aning «Dinamo» klubi 29 yoshli hujumchi Mohamed Masturini «Esperans»ga 800 ming yevro evaziga sotdi. Bu transfer avvalroq Shapiro yozganidek, Jabri bilan ayirboshlash emas, balki to'g'ridan-to'g'ri sotuv hisoblanadi va Jabri «Dinamo» tarkibiga o'tmaydi.