«ADO Den Xaag» bosh murabbiyi Moris Steyn «Ayaks»dagi faoliyati va klubdagi hozirgi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
Moris Steyn «Yoxan Kroyf Arena»ga qaytishni iliq hislar bilan kutmoqda. «ADO Den Xaag»ning yangi bosh murabbiyi yakshanba kuni 2023-yilda qiyin davrdan so'ng tark etgan «Ayaks»ga qarshi maydonga tushadi:
«Men bilan ishlagan insonlar haqida hali ham yaxshi taassurotlarim bor. Ularning aksariyati bilan munosabatlarim a'lo darajada. Murakkab vaziyatlarga qaramay, «Ayaks»da o'zimni doimo qadrlashganini his qilganman. Shu bois qaytishimdan xursandman».
«Albatta, bo'layotgan voqealarga katta havas bilan qarayapman. Hozir bosh murabbiy va texnik direktor o'rtasidagi hamkorlik qanchalik yaxshi yo'lga qo'yilganini ko'rish mumkin, parda ortida esa Menno Gelen ishlamoqda. Mitchel qo'llab-quvvatlanayotgani ko'rinib turibdi. Axir hammasi shundan boshlanadi. Hammasi juda oddiy».
«Butun mas'uliyatni bir kishining [Sven Mislintatning] zimmasiga yuklab bo'lmaydi. Biz hammamiz xato qilganmiz, men ham. Ammo o'zimni nima uchun ayblayman – bu futbolchilarni transfer qilishda hamkorlik yo'qligi masalasini oldinroq ko'tarmaganim. Buni ancha oldinroq qilishim kerak edi».