Michel Sanchez qo'l ostidagi "Ayaks" tarixiy natija qayd etmoqda
Michel Sanchez qo'l ostidagi "Ayaks" so'nggi 19 yildagi eng yaxshi hujumkor startni qayd etdi. Amsterdamliklar 20 o'yinda raqiblar darvozasini ko'p ishg'ol qildi.
🙂 Michel Sanchez "Ayaks"ni haqiqiy gol mashinasiga aylantirdi.
So'nggi 19 yil ichida amsterdamliklar mavsumning dastlabki 20 ta rasmiy o'yinida hech qachon bu qadar ko'p gol urishmagandi. Bu natija aynan ispaniyalik murabbiy davriga to'g'ri kelmoqda.
"Ayaks"da bunday samarali start qayd etgan oxirgi murabbiy 1997-yilda Morten Olsen bo'lgan — 20 ta o'yinda 68 ta gol.