Nelson Deossa "Real Betis"da qolish qarori haqida gapirdi
Nelson Deossa "Real Betis"dan ketishni istamagani va Manuel Pellegrinining qo'llab-quvvatlashi haqida gapirib berdi.
Nelson Deossa "Real Betis"da qolish qarori haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Ular meni sotmoqchi bo'lishdi, bu tushunarli. Ammo men ketmasligimni aytdim".
"Oila uchun bu og'ir, ayniqsa ularning meni sotishdan qanchalik manfaatdor ekanini ko'rganda. Men ularga aytdimki, agar yakunda hammasi o'xshamasa va meni sotishsa, men ham o'zimni istashmaydigan joyda qolmayman".
"Onamga aytdimki, agar oqimga qarshi suzishga to'g'ri kelsa, men buni qilaman, ketmayman".
"Agar sotuv bo'yicha ishlar hal bo'lsa va ham men, ham klub uchun yaxshi variant bo'lsa, uni qabul qilaman. Lekin unday bo'lmasa, men oqimga qarshi suzaman, menda bu borada muammo yo'q. Agar 1, 2, 3, 4 marta, qancha kerak bo'lsa, shuncha suzishga to'g'ri kelsa ham, suzaman".
"Rostini aytsam, Manuel Pellegrini meni qo'llab-quvvatladi, menga ishonch berdi. Mavsumoldi tayyorgarlikda u menga daqiqalar berdi va o'ylaymanki, buning sharofati bilan ular shunday qarorga kela olishgani ham muhim bo'ldi".