Paulo Dibala MLS klublari qiziqishiga sabab bo'lmoqda
Paulo Dibala MLS klublari nishonida. Argentinalik futbolchiga «Inter Mayami» va «Nyu-York Siti» qiziqish bildirmoqda.
Paulo Dibalaning kelajagi Qo'shma Shtatlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Argentinalik futbolchi MLSning ikki klubi e'tiboriga tushdi, ular kelasi mavsum uchun o'yinchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.
Birinchi bo'lib Devid Bekxemning «Inter Mayami» klubi faollashgani taxmin qilinmoqda, biroq argentinalik futbolchi atrofidagi vaziyatni «Nyu-York Siti» ham kuzatib bormoqda.