Real Madrid Eintracht akademiyasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
Real Madrid Eintracht akademiyasining 15 yoshli iqtidorli futbolchisi Niko Ilichevichni kuzatmoqda. Unga yana bir qator top-klublar da'vogar.
Sky Sport xabariga ko'ra, Real Madrid Eintracht akademiyasining 15 yoshli o'yinchisi Niko Ilichevichga qiziqish bildirmoqda.
Madridliklardan tashqari, yosh futbolchining rivojlanishini Barcelona, Bayern, Inter, Manchester City va Milan klublari ham kuzatib bormoqda.