Obed Nkambadio DR Kongo terma jamoasini tanladi
«Parij» FK darvozaboni Obed Nkambadio Fransiya emas, DR Kongo terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi.
Obed Nkambadio, shekilli, DR Kongo terma jamoasini tanladi!
RDC Zone ma'lumotiga ko'ra, «Parij» FKning 23 yoshli darvozaboni Fransiya emas, balki DR Kongo terma jamoasida to'p surishga qaror qilgan.
Yaqin vaqt ichida darvozabon Kongo pasportini olish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishni boshlashi mumkin.
«Leopardlar» safida yangi darvozabon.