#Okan Buruk — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Okan Buruk: Leroy Sane Germaniya muvaffaqiyatsizligida aybdor emas

Okan Buruk: Leroy Sane Germaniya muvaffaqiyatsizligida aybdor emas

Galatasaroy bosh murabbiyi Okan Buruk Leroy Sane Germaniya terma jamoasining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi uchun aybdor qilib ko'rsatilayotganiga munosabat bildirdi.

Galatasaroy bosh murabbiyi Okan Buruk Leroy Sane Germaniya terma jamoasining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi uchun aybdor qilib ko'rsatilayotganiga munosabat bildirdi:

Leroy - aybdor qilib ko'rsatilishi mumkin bo'lgan oxirgi o'yinchilardan biri. Har bir o'yinda u bor kuchini berdi va jamoa uchun nihoyatda fidokorona mehnat qildi. Afsuski, aybni unga yuklash deyarli odat tusiga kirib qoldi. Ochig'ini aytsam, odamlar endi Leroy Saneni aybdor qilib ko'rsatayotgani menga biroz kulgili tuyulmoqda. Uning jahon chempionati yomon o'tmadi.

O'ng ustun yangiliklari

Turkiyada hakam murabbiyga qo'l bermagani uchun qizil kartochka ko'rsatdi

Turkiyada hakam murabbiyga qo'l bermagani uchun qizil kartochka ko'rsatdi

Turkiyada Galatasaroy bosh murabbiyi Okan Buruk bosh hakam bilan qo'l berib ko'rishmagani uchun maydondan chetlatildi.

Galatasaroy va Samsunspor o'rtasidagi o'yindan so'ng Okan Buruk laynsmen bilan qo'l berib ko'rishdi, ammo bosh hakam bilan ko'rishmadi. Hakam darhol ortiga qaytib, murabbiyga ikkinchi sariq kartochkani, keyin esa qizil kartochkani ko'rsatdi.

Burukning yordamchisi so'zlariga ko'ra, hakam unga nisbatan hurmatsizlik qilinganidan g'azablangan. «Nima uchun?!» degan savolga esa hakam: «O'z vajlaringizni yozma ravishda bayon qilishingiz mumkin», deb javob bergan.

Qizig'i shundaki, turk hakamlarini ham chet ellik mutaxassis — britaniyalik Teylor boshqaradi. Uni, xuddi Majichni bo'lgani kabi, asosli ravishda sharlatan deb hisoblashadi.