MVD "Torpedo" va Okoronkvo ishini o'rganmoqda
MVD "Torpedo" va Okoronkoni noqonuniy mehnat faoliyati uchun javobgarlikka tortmoqchi. Futbolchiga deportatsiya xavfi tahdid solmoqda.
MVD "Torpedo" klubi va futbolchi Okoronkoni noqonuniy mehnat faoliyati uchun javobgarlikka tortmoqchi. Avvalroq 22 yoshli nigeriyalik futbolchi qoidalarga zid ravishda (ishlash uchun ruxsatnomasi bo'lmagani sababli shartnomasi kuchga kirmagan) "Chelyabinsk"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi. O'sha bahsda "Torpedo" 4:0 hisobida g'alaba qozongan. "Chelyabinsk" esa KDKga protest kiritgan, biroq RFU vakili Grigoryans buni rad etgan edi.
Natijada huquq-tartibot organlari ishga aralashdi: ular "Torpedo" harakatlarida xorijiy fuqaroni noqonuniy mehnatga jalb qilish, Okoronkvo harakatlarida esa noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug'ullanish alomatlarini aniqlashdi. Oqibatda, legioner "Spartak" Kostromaga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Aks holda, unga mamlakatdan deportatsiya qilinish xavfi tahdid solardi. "Karp" xabariga ko'ra, endilikda "Chelyabinsk"ning apellyatsiyani yutish imkoniyatlari sezilarli darajada oshdi.