#Oskar Garsiya — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Oskar Garsiya: "Ayaks" bu mavsum chempion bo'ladi"

Oskar Garsiya: "Ayaks" bu mavsum chempion bo'ladi"

"Ayaks"ning sobiq bosh murabbiyi Oskar Garsiya jamoaning joriy mavsumdagi chempionlik imkoniyatlari va o'zining klubdan ketishi haqida gapirdi.

"Ayaks"ning sobiq bosh murabbiyi Oskar Garsiya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Bu tarkib bilan men o'tgan mavsumdagiga qaraganda yuz foiz yaxshiroq natija ko'rsatgan bo'lardim. "Ayaks"dagi kelajagim xavf ostida qolishini umuman kutmagandim.

Jordining rejalaridan xabarim bor edi. Qancha o'yinchi kelishini bilmasdim, lekin u tarkibning yarmini yangilab, chempionlik uchun kurasha oladigan jamoa tuzishini tushunib turgandim.

O'shanda ham aytgandim: "Men bilanmi yoki boshqa murabbiy bilanmi, "Ayaks" kelasi mavsum chempion bo'ladi". Balki hozir ular buni ko'rsatib berishmayotgandir, lekin bu mavsumda ular chempion bo'lishadi.

Agar chempionatning so'nggi haftalarida sizdan darak bo'lmasa, demak klub boshqa birini tanlayapti. Futbol olami shunday ishlaydi. Albatta, keyin vaziyat o'zgardi, lekin men hech narsadan afsuslanmayman. "Ayaks" - buyuk klub."

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.