Markos Lyorente Ispaniya transport vazirini tanqid qildi
Markos Lyorente temir yo'l halokati sabab Ispaniya transport vaziri Oskar Puentani keskin tanqid ostiga oldi.
Markos Lyorente temir yo'l halokati ortidan transport vaziri Oskar Puentaga qarata juda keskin xabar yo'lladi. AVE tezyurar poyezdi va Iryo poyezdi to'qnashuvi oqibatida o'nlab insonlar halok bo'ldi va jarohat oldi. Futbolchi o'z sahifasida vazirning ishiga va uning jamoat xavfsizligiga e'tibor qaratish o'rniga ijtimoiy tarmoqlardagi doimiy faolligiga keskin munosabat bildirdi.
Hurmatli Oskar Puenta, Twitter – bu sizning ishingiz emas, sizning ishingiz – bu jamoat transporti. Iltimos, bu sirkni to'xtating.