Rodri transferi bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi
Manchester Siti Rodri uchun 80 mln yevro so'ramoqda, Real Madrid esa 50 mlndan ortiq to'lamoqchi emas. Tomonlar kelisha olmayapti.
📻 Cope xabariga ko'ra, Manchester Siti Rodri uchun 80 million yevro talab qilmoqda. Biroq, Real Madrid tayanch yarim himoyachisi uchun atigi 40 million yevro taklif qilmoqda.
Shu bilan birga, Madrid klubi shaharliklarga u uchun maksimal 50 million yevro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgan. Real Madrid Rodri uchun bundan ortiq bir tiyin ham to'lamaydi.
Aynan shu sababli tomonlar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
📰 P. Galyego (fransuz jurnalisti):
Agar Real Madrid Rodrini qo'lga kirita olmasa, klubning yozgi transfer oynasidagi faoliyatini axlatga tashlasa bo'ladi. Rodrining Barselonaga o'tishiga yo'l qo'yish esa Madridning so'nggi yillardagi eng katta muvaffaqiyatsizliklaridan biriga aylanadi.