Lukas Stasin «Sevilya»ga o'tmoqda
Lukas Stasin «Sevilya» safiga o'tmoqda. Tomonlar ijara va sotib olish huquqi bo'yicha kelishuvga erishdilar.
🚨 Lukas Stasin «Sevilya»ga o'tmoqda! Barchasi kelishib olindi.
U bugun soat 12:00 da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Sevilyaga uchib keladi.
Bu 2,5 million yevro evaziga ijaraga olish va 25 million yevro evaziga sotib olish huquqini o'z ichiga olgan bitim bo'ladi. Agar «Sent-Etyen» futbolchini sotib olsa, keyingi sotuvdan 20 foiz ulush klubda qoladi.
📰 Sasha Tavolyeri, Pablo Oliveyra, Matteo Moretto