Roma «Lion» vingeri Malik Fofanaga qiziqish bildirmoqda
«Roma» «Lion» vingeri Malik Fofanani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda.
Manà Manà Sport radiostansiyasi efirida Paolo Assonya xabar berishicha, «Roma» sport direktori «Lion» futbolchisi Malik Fofana bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mora transferi rasmiylashtirilgach, klub e'tiborini qanot himoyachisiga, ya'ni «Lion»ga tegishli bo'lgan belgiyalik vingerga qaratadi. Ayni damda klub rahbariyati fransuz tomoniga qanday taklif yuborish ustida bosh qotirmoqda.
Jurnalistning qo'shimcha qilishicha, «Lion»ning amaldagi bosh murabbiyi (va «Roma»ning sobiq ustozi) Paulu Fonseka so'zlariga ko'ra, agar munosib moliyaviy taklif tushsa, Fofana jamoani tark etishga tayyor.