Patrik Merkado «Sevilya»ga o'tmaydi
Patrik Merkado jarohati sababli «Sevilya»ga o'ta olmaydi. Transfer rasman barbod bo'ldi.
❌ Patrik Merkado «Sevilya» futbolchisiga aylanmaydi — bu rasman tasdiqlandi. Ekvadorlik futbolchi bilan bog'liq vaziyatga nuqta qo'yildi.
Gonsalo Tortosa xabariga ko'ra, klublar o'rtasida dastlabki kelishuvga erishilgan bo'lsa-da, futbolchining tizza old xochsimon bog'lamlari uzilgani sababli u tibbiy ko'rikdan o'ta olmaydi. Shu bois, uning 6 million yevro evaziga «Sevilya»ga o'tishi imkonsiz bo'lib qoldi.