Patrik Shpilman vafot etdi
«Strasbur» assotsiatsiyasini 24 yil boshqargan Patrik Shpilman vafot etdi. Shanba kuni o'yin oldidan uning xotirasiga hurmat bajo keltiriladi.
Chuqur qayg'u bilan 24 yil davomida «Strasbur» assotsiatsiyasini boshqargan va klub tarixidagi eng qiyin davrlardan birida uni saqlab qolishda muhim rol o'ynagan Patrik Shpilman vafot etganini ma'lum qilamiz.
Shu shanba kuni o'yin boshlanishidan oldin stadionda uning xotirasiga bag'ishlab bir daqiqalik qarsaklar bo'lib o'tadi. Patrikning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yotgan joyi yorug' bo'lsin.