Patrik Volemark: "Feyenoord"da ruhiy bosimlar ko'p edi"
Patrik Volemark "Feyenoord"dagi davri va klubdagi ruhiy bosimlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Patrik Volemark o'zining "Feyenoord"dagi davri haqida gapirdi:
"Feyenoord"da o'yinimdagi kamchiliklarga juda katta e'tibor qaratishardi. Hatto maydon tashqarisida ham ko'pincha salbiy muhit hukm surardi. Men buni yuragimga juda yaqin olardim. Go'yo ular qanday munosabat bildirishimni ko'rish uchun kichik sinovlar uyushtirishayotgandek edi. Ular men bilan ruhiy o'yinlar o'ynashdi".