Bruno Fernandesh «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin
Portugaliyalik jurnalist Pedru Sepulveda Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Portugaliyalik jurnalist Pedru Sepulveda:
«Mening nazarimda, Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted»dagi tarixi yakuniga yetib bormoqda.
Hisoblaymanki, xayrlashish har ikki tomon uchun ham foydali bo'ladi. «Yunayted»ga, avvalo, kiyinish xonasida tartib o'rnatish va jiddiy o'zgarishlar qilish kerak.
Hatto Brunu uchun ham ketish eng yaxshi qaror bo'ladi. Klub oldinga ikki qadam tashlashi uchun avval bir qadam orqaga chekinishi kerak.
O'ylaymanki, Fernandesh faoliyatini yirik sovrinlar uchun kurasha oladigan barqarorroq jamoada davom ettirgani ma'qul».