Stefan Rishar: «Ayrim futbolchilar maoshlarini kamaytirishga tayyor»
Stefan Rishar «Marsel» futbolchilari maoshlarini kamaytirish orqali klub byudjetini optimallashtirishga tayyor ekanligini aytdi.
Stefan Rishar bugun bir nechta futbolchi klubda qolish uchun maoshlarini kamaytirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi (mish-mishlarga ko'ra, ulardan biri Xyoyberg):
«Yechim faqat futbolchilar bilan xayrlashishda emas. Bizda DNCG tomonidan ma'qullangan maoshlar fondi bo'yicha maqsadli ko'rsatkich bor. Maoshlar fondini qanday qisqartirish mumkin? Yuqori maosh oluvchi o'yinchilarni qo'yib yuborish orqali, ammo boshqa yechimlar ham bor. Masalan, biz tarkibdagi o'zimiz olib qolmoqchi bo'lgan ayrim futbolchilar bilan juda umidbaxsh muzokaralar olib boryapmiz. Ular qurbonlik qilishga, maoshlarini kamaytirish yoki to'lov muddatini uzaytirish bo'yicha sa'y-harakat qilishga tayyor... Bu ham maqsadimizga erishishga yordam berishi mumkin, gap faqat ketishlar haqida emas».