Paris FC 3:0 Nice: Parijliklar ishonchli g'alabaga erishdi
Paris FC o'z maydonida Nitsani 3:0 hisobida mag'lub etdi. Sinayoko, Shergi va Marketti gollari parijliklarga g'alaba keltirdi.
Paris FC 3 — 0 Nice
21’ Sinayoko (p), 51’ Shergi, 89’ Marketti
Sinayoko yaxshi o'yin o'tkazdi, ham himoyada, ham hujumda faol harakat qildi. Saymon haqida bunday deb bo'lmaydi, u ochiqchasiga yomon o'yin o'tkazdi, paslarda doimiy xatolarga yo'l qo'ydi va to'pni yo'qotdi. Kebbal esa har doimgidek yaxshi, penalti ishladi va assist qayd etdi.
Pajis normal o'yin o'tkazdi, ortiq emas. Ehtimol jarohat olgandir, lekin unday bo'lsa ham Zabi bor. Maksim Lopes yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin Les-Melu ajralib turdi, u shunchaki daho, barcha hujumlarning miyasi va u ham hamma joyda mehnat qildi.
Himoyada barchasi yaxshi o'tdi, faqat Kamara bundan mustasno, uning qanotidan Nitsa ko'plab vaziyatlar yaratdi. Kevin Trapp — bravo, u aynan o'zi qutqargan 2-3 ta xavfli golli vaziyat bo'ldi. Rozenyorning o'zgarishlari ajoyib chiqdi: Matondo bir nechta golli vaziyat yaratdi, Zabi (0+1) gol urishga ham yaqin keldi, Marketti (1+0) esa gol urdi.
Keyingi o'yin, 6 sentyabr kuni Marselga qarshi safarda bo'lib o'tadi.