Real Madrid va Barselona Xilberto Mora bilan qiziqmoqda
Real Madrid va Barselona Tixuana yarim himoyachisi Xilberto Mora transferi uchun kurash olib bormoqda.
📰 AS: Madridda Tixuana yarim himoyachisi X. Mora diqqat bilan kuzatilmoqda. 17 yoshli meksikalik futbolchining agenti Pimenta bilan qirollik klubining yaxshi munosabatlari transferni osonlashtirishi mumkin.
Barselona ham Mora bilan jiddiy qiziqmoqda.
📰 Marca: Mora shartnomasida taxminan 25 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan.