Jud Bellingem «Real Madrid» tarixidagi eng tezkor yarim himoyachiga aylandi
Jud Bellingem «Real Madrid» safida 50 ta gol urgan eng tezkor yarim himoyachiga aylandi. U Pirrining rekordini yangiladi.
Jud Bellingem «Real Madrid» tarixida 50 ta gol marrasiga yetgan eng tezkor yarim himoyachiga aylandi. 😎
Angliyalik futbolchiga ushbu natijani qayd etish uchun 154 ta o'yin kifoya qildi. U shu tariqa Pirrining rekordini yangiladi, afsonaviy futbolchi o'zining 50-golini 157 ta uchrashuvda urgan edi.
🤯 Va bularning barchasi atigi 23 yoshda!