Harri Keyn Angliya terma jamoasi safida 120-marta maydonga tushib, Ueyn Runining natijasini takrorladi.
Harri Keyn bugun Angliya terma jamoasi safidagi 120-o'yinini o'tkazdi (85 ta gol). Shu tariqa, u maydon o'yinchilari orasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha Ueyn Runiga yetib oldi.
«Uch sherlar» safida bundan ko'proq o'yin o'tkazgan yagona futbolchi Piter Shilton hisoblanadi — 125 ta.
Piter Shilton Xarri Keyn Angliya terma jamoasi rekordini yangilashi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Piter Shilton Xarri Keyn uni ortda qoldirib, Angliya terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylanishi haqida:
«Men bu rekordni ancha yillar davomida ushlab turdim, ammo uni kimdir yangilashga loyiq bo'lsa, bu Xarri. Undan yaxshiroq nomzodni tasavvur qila olmayman. U uzoq yillar davomida terma jamoaga juda sodiq qoldi va chinakam yetakchi bo'ldi, shuningdek, ko'plab gollar urdi. O'ylaymanki, unga nimadir topshirish uchun maydonga tushaman».