Pyer-Emmanuel Burdo: «Andi Diuf yarim himoyada o'ynashi kerak»
Andi Diufning sobiq murabbiyi Pyer-Emmanuel Burdo futbolchining maydondagi eng ideal pozitsiyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Pyer-Emmanuel Burdo (Diufning yoshlar jamoalaridagi murabbiyi):
Andi boks-tu-boks uslubida, katta yugurish qobiliyati va ish hajmi bilan o'ynardi. Chap oyog'i bilan ajoyib zarba bera oladi, aqlli va kuchli mentalitetga ega. U ham to'p bilan, ham to'psiz hujum qilishni juda yaxshi ko'radi. U haqiqatan ham juda diqqatli va o'rganishga chanqoq yigit, lekin menda shunday his borki, nima bo'lishidan qat'i nazar, uning ideal pozitsiyasi yarim himoyada qoladi. Rostini aytsam, to'rt kishilik himoyada lateral sifatida uni ko'rmayapman.