Davy Klaassen va Robin Propper hakamlik va VAR borasida fikr bildirdi
Davy Klaassen va Robin Propper "Tvente" - "Ayaks" uchrashuvidagi hakamlik va VAR qarorlari borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Davy Klaassen:
Biz allaqachon qoidalarni tushunmay qoldik, nazarimda, hakamlarning o'zlari ham tushunmayapti. Men hali bizning foydamizga belgilanishi mumkin bo'lgan penalti epizodini ko'rmadim, lekin raqibning vaziyatini ko'rib ulgurdim. To'p hatto darvoza tomon ham uchmayotgandi. Men allaqachon hech narsani tushunmayapman.
Robin Propper:
O'yin juda shiddatli kechdi va men deyarli barcha 90 daqiqa davomida biz ustunlik qildik deb hisoblayman. Balki, buni aytmasligim kerakdir, lekin shuni aytishim mumkinki, bugun hakamlarga juda qiyin bo'ldi.