Roman Devis «Valensiya» safiga qo'shildi
«Valensiya» Venesuela yoshlar terma jamoasi himoyachisi Roman Devisni ijaraga oldi. Futbolchi klubning zaxira jamoasi — «Valensiya Mestalya»da o'ynaydi.
🚨 «Valensiya» o'z safini yangi futbolchi bilan to'ldirdi. DepCOPEValencia xabariga ko'ra, klub o'ng qanot himoyachisi Roman Devis bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda COPE 6 avgust kuni ma'lum qilgandi.
Transfer tafsilotlari:
👤 Yoshi: 18 yosh, Venesuela yoshlar terma jamoasi a'zosi.
📄 Shartnoma formati: Sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan.
👥 Jamoa: Futbolchi «Valensiya»ning zaxira jamoasi — «Valensiya Mestalya» uchun mo'ljallangan.
Akademiya va zaxira tarkibi iqtidorli yoshlar bilan kuchaytirilmoqda! 👏