Roma - Slovan uchrashuvini Sandro Sherer boshqarib boradi
UEFA Chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Roma" - "Slovan" uchrashuvini shveytsariyalik hakam Sandro Sherer boshqarib boradi.
UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turidan o'rin olgan "Roma" - "Slovan" uchrashuviga hakamlar brigadasi tayinlandi.
Shveytsariyalik Sandro Sherer "Roma" hamda Bratislavaning "Slovan" jamoalari o'rtasidagi bahsda bosh hakam sifatida ishlaydi.
Unga qanotlarda De Almeyda va Erni yordam berishadi, VAR tizimiga esa San mas'ul bo'ladi.
Sherer avvalroq "Olimpiko"da "jallorossi" ishtirokidagi o'yinni boshqargan: Yevropa ligasi 1/8 finali doirasidagi "Atletik" (Bilbao)ga qarshi javob bahsida "Roma" 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. O'sha o'yinda g'alaba golini qo'shib berilgan daqiqalarda Shomurodov kiritgan. (UEFA.com)