Namangan FM O‘zbekiston kubogi g‘olibi
Namangan viloyati futbol maktabining U-13 jamoasi O‘zbekiston kubogi finalida Toshkent viloyati jamoasini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Namangan FM — O‘zbekiston kubogi sohibi!
2013-yilda tug‘ilgan futbolchilar (U-13) o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa davomida yosh futbolchilar yuqori saviyadagi bellashuvlarda o‘z mahoratlarini namoyish etib, muxlislarga qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni taqdim etishdi. Musobaqada munosib ishtirok etgan Namangan viloyati futbol maktabining U-13 jamoasi musobaqaning final o‘yinida Toshkent viloyati futbol maktabi jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi.
Final
Namangan FM 2:1 Toshkent V FM
Namangan FM — O‘zbekiston kubogi g‘olibi!
3-o‘rin uchun
Qashqadaryo FM 1:1 Farg‘ona FM
Penaltilar seriyasi — 3:5
Farg‘ona FM — 3-o‘rin sohibi!
Musobaqaning yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Namangan FM
2-o‘rin — Toshkent V FM
3-o‘rin — Farg‘ona FM
Mazkur g‘alaba bilan sobiq futbolchi Sanjar Asqaraliyev rahbarlik qilayotgan Namangan viloyat futbol maktabi ahil jamoasini tabriklaymiz. Umid qilamizki bu yigitchalar kelajakda Navbahor jamoamiz sharafini munosib himoya qiladigan mahoratli futbolchilar bo‘lib yetishishadi va katta yutuqlar bilan viloyatimiz futbol muxlislarini hursand qilishda davom etishadi.