Rikardo Pepi jarohat oldi
PSV hujumchisi Rikardo Pepi jarohat sabab bir necha haftaga safdan chiqdi. Jamoaning boshqa hujumchilari ham jarohat bilan kurashmoqda.
Rikardo Pepi "Tvente"ga qarshi o'yinda son qismidan jarohat oldi va bir necha haftani o'tkazib yuboradi.
Hozircha uning 13-oktyabr kuni "RB Leyptsig" va 25-oktyabr kuni "Feyenoord"ga qarshi o'yinlarga tiklanishga ulgurishi noma'lum.
PSVning hujum chizig'idagi muammolari yanada kuchaymoqda: Alassan Plea va Sem Lammers ham jarohatlangan, shu sababli Peter Boshda deyarli sog'lom markaziy hujumchilar qolmagan. Pepi, shuningdek, AQSH terma jamoasining yaqin o'yinlarini ham o'tkazib yuboradi.