Serjiu Guel'yu Liga Kubogi chorak finalida bosh hakam bo'ladi
Portugaliya Liga Kubogi doirasidagi "Portu" va "Akademiku de Vizeu" o'rtasidagi chorak final uchrashuvini Serjiu Guel'yu boshqarib boradi.
Serjiu Guel'yu Liga Kubogi chorak final o'yinini boshqarib boradi.
Portugaliya futbol federatsiyasi hakamlar kengashi "Portu" va "Akademiku de Vizeu" o'rtasidagi uchrashuvga bosh hakam etib Serjiu Guel'yuni tayinladi. Bahs chorshanba kuni soat 23:30 da "Eshtadiu du Dragau" stadionida Liga Kubogi chorak finali doirasida bo'lib o'tadi.
Guarda futbol assotsiatsiyasidan bo'lgan bosh hakamga qanotlarda Andre Pontesh va Joze Mira yordam berishadi. To'rtinchi hakam vazifasini Flaviu Jezush bajaradi. Manuel Oliveyra VAR tizimiga mas'ul bo'lsa, unga Tiagu Leandru (AVAR) yordamchi bo'ladi.