Son Xyon Min O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda gol urib, Janubiy Koreya tarixidagi eng yaxshi to'purar nomiga sazovor bo'ldi.
🤍 Afsonaviy Son Xyon Minni tabriklaymiz! U O'zbekiston darvozasiga kiritgan goli bilan Janubiy Koreya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Futbolchining hisobidagi gollar soni 59 taga yetdi.
Harri Keyn "Tottenxem"dagi sobiq jamoadoshi Son Xyon Min bilan hamon aloqada ekanligini va uni sog'inayotganini ma'lum qildi.
🥹🤍 Harri Keyn Son Xyon Min bilan aloqani uzmaganini aytib o'tdi.
🎙️ "Tottenxem"ning sobiq hujumchisi koreyalik futbolchi bilan birga o'ynagan damlarini sog'inishini tan oldi: "Biz Sonni bilan hamon gaplashib turamiz. Albatta, u bilan o'ynashni sog'indim — u maydondagi eng sevimli sheriklarimdan biri edi".
🤝 Keynning qo'shimcha qilishicha, garchi hozir ikkisi ham juda band bo'lishsa-da, vaqti-vaqti bilan xabar almashib turishadi. Harri tez orada ko'rishib, shaxsan suhbatlashishlariga ishonch bildirdi.
Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisi Yang Min Xyok Osiyo o'yinlaridagi harbiy xizmat haqidagi bahsli bayonotidan so'ng omma oldida uzr so'radi.
Yang Min Xyok shov-shuvlarga sabab bo'lgan bahsli izohlaridan so'ng uzr so'radi:
Shanba kuni Yang Min Xyok g'alaba keltirgan golga assistentlik qildi va Janubiy Koreya Yaponiyani 1:0 hisobida mag'lub etib, ketma-ket to'rtinchi marta Osiyo o'yinlari g'olibi bo'ldi.
Koreyada erkaklar 28 yoshga to'lgunga qadar 18 oydan 21 oygacha armiyada xizmat qilishlari shart. Ammo Osiyo o'yinlari g'oliblari va Olimpiada sovrindorlari uchun xizmat bir necha haftalik bazaviy tayyorgarlik bilan almashtiriladi. O'z vaqtida Son Xyn Min 2018-yilda xuddi shunday imtiyozga ega bo'lgan edi. Endi esa 20-yoshli Yang ham xuddi shu imtiyozni qo'lga kiritdi. Biroq koreys OAV va muxlislari uning harbiy xizmatdan qutilib qolganidan haddan tashqari xursand bo'lganini noto'g'ri qabul qilishdi.
Yangdan g'alaba haqida so'rashganda, u shunday javob berdi:
«Biz mukofot olyapmiz va bu mukofot harbiy xizmatdan ozod etilish edi, shuning uchun biz faqat shu narsa haqida o'ylab o'ynagandek tuyuldi. Rostini aytsam, sovrin yoki medal muhim emasdi».
Ko'p o'tmay u ijtimoiy tarmoqlarda uzr so'radi:
«Salom, men Yang Min Xyokman. Osiyo o'yinlari haqidagi so'zlarim bilan ko'plab insonlarning ko'nglini qoldirganim va xafa qilganimdan chin dildan afsusdaman. Men uchun Osiyo o'yinlarida Koreya sharafini himoya qilish muhim edi va sportchi sifatida, albatta, g'alaba va oltin medal uchun bor kuchimni berdim. Biroq, harbiy xizmatdan ozod etilish meni rag'batlantirgan bir nechta omillardan biri ekanligini, yuqori natijaga erishish istagi bilan bir qatorda, to'g'ri yetkazib bera olmadim. Nima demoqchi bo'lganimdan qat'i nazar, so'zlarim odamlarni xafa qilgani va oltin medalga yengil qaragandek taassurot qoldirgani mening aybim.
Oltin medal kafolatlangan narsa emasligini, u ko'plab insonlarning mehnati va qo'llab-quvvatlashi tufayli qo'lga kiritilganini tushunaman. Hozir xizmat qilayotgan yoki kelajakda xizmat qiladiganlarni kamsitish yoki masxara qilish niyatim yo'q edi.
O'ylamay aytgan so'zlarim bilan xafa qilgan barchadan chin dildan uzr so'rayman. Bundan buyon nafaqat so'zlarim, balki maydondagi munosib xatti-harakatlarim va mas'uliyatim bilan tuzatishga harakat qilaman. Chin dildan uzr so'rayman».