Matteo Moretti: «Atletiko Madrid» Stefan Jojichni nishonga olgan
Matteo Moretti xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Stefan Jojich transferi ustida ishlamoqda. Futbolchining tovon puli 40 million yevroni tashkil etadi.
Matteo Moretti: «Atletiko Madrid» yarim himoyachi Stefan Jojichning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Hozircha yakuniy kelishuv yo'q, ammo qiziqish jiddiy. Klubdagilar Stefan Jojich kelajak uchun kerakli sifatlarga ega deb hisoblashmoqda.
Futbolchining 2032-yilgacha mo'ljallangan shartnomasida 40 million yevro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan.
Maqsad — 2027-yilgi yozgi transfer oynasi arafasida muzokaralarni jadallashtirish.