Pirs Morgan Ben Uaytning JCH-2022dagi ketishi sababini ma'lum qildi
Pirs Morgan Ben Uaytning 2022-yilgi jahon chempionati vaqtida Angliya terma jamoasidan ketishining haqiqiy sababini ochiqladi.
Pirs Morgan o'z ma'lumotlariga tayanib, Ben Uaytning 2022-yilgi jahon chempionati vaqtida Angliya terma jamoasi ixtiyorini tark etishiga nima sabab bo'lganini aytib o'tdi.
«Men tushunishimcha, barchasi Stiv Xolland butun jamoa oldida Uaytni u futbolni yoqtirmasligi haqidagi go'yoki aytgan gaplari uchun masxara qilganidan keyin yuz bergan.
Aslida esa Ben butunlay boshqacha narsani nazarda tutgan: unga shunchaki kun bo'yi futbol bilan shug'ullanganidan keyin uyga qaytib, yana futbol ko'rish yoqmaydi.
U shu hafta o'z pozitsiyasini yana bir bor tushuntirdi. Ko'pchilik odamlar kabi, u ham ish kunini tugatgach, uyga qaytib, yana ish haqida gaplashishni istamaydi. Men uni juda yaxshi tushunaman».