#Suso — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Suso «Inter»ga o'tish taklifini rad etganini ma'lum qildi

Suso «Inter»ga o'tish taklifini rad etganini ma'lum qildi

«Milan»ning sobiq futbolchisi Suso faoliyati davomida «Inter»dan tushgan taklifni rad etganini aytdi.

«Milan»ning sobiq yarim himoyachisi «Inter» uni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lganini tan oldi. 😮

Ma'lum bo'lishicha, o'sha vaqtda «neradzurrilar» ustozi bo'lgan Luchano Spalletti ispaniyalik futbolchini jamoaga o'tishga ko'ndirish uchun shaxsan qo'ng'iroq qilgan. 📞

«Inter» kabi klubning seni o'z safida ko'rishni istashi — bu faxrlanarli holat. Ammo men «Milan»da o'ynaganman, shu bois ularga «yo'q» deb javob berdim. «Rossonerilar» libosida boshdan kechirganlarimdan so'ng, «Inter»ga o'tish noto'g'ri ish bo'lardi», — dedi Suso.

O'ng ustun yangiliklari

Suso 32 yoshida faoliyatini yakunladi

Suso 32 yoshida faoliyatini yakunladi

«Milan» va «Sevilya» klublarining sobiq futbolchisi Suso 32 yoshida faoliyatini yakunladi va «Kadis» klubida elchi bo'ldi.

Suso 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. «Milan» va «Sevilya» klublarining sobiq futbolchisi o'zining tug'ilib o'sgan shahri jamoasi – «Kadis» klubida elchi sifatida ish boshlaydi.