Suxayb Driush "Reynjers"ga o'tishi amalga oshmay qolgani haqida gapirdi.
Suxayb Driush "Reynjers"ga o'tishi barbod bo'lgani haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
Men buni yaxshi qadam deb hisoblagan bo'lardim. Albatta, juda afsusdaman. Bir qaror qabul qilasiz, xayolan o'sha yerda bo'lasiz va o'zingizni boshqa libosda o'ynayotganingizni tasavvur qilasiz. Bu yoqimsiz holat, lekin nima bo'lsa, shu bo'ldi.
Eindhovens Dagblad nashri Suxayb Driushning «Reynjers»ga transferi nima uchun barbod bo'lganini ma'lum qildi.
🙂 Eindhovens Dagblad nashri Suxayb Driushning «Reynjers»ga transferi so'nggi pallada nima uchun amalga oshmay qolganini ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotiga ko'ra, tibbiy ko'rik jarayonida futbolchida kichik jarohat aniqlangan. Shundan so'ng «Reynjers» klubi hamda PSV va Driush o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Yakunda Shotlandiya klubi transferdan voz kechgan.
PSV direktori Ernest Styuart Suhayb Driushning "Reynjers"ga transferi nega amalga oshmay qolganini tushuntirdi.
🙂 Ernest Styuart Driushning "Reynjers"ga o'tishi barbod bo'lgani haqida gapirdi:
"Bizga hafsalasi pir bo'lgan futbolchi qaytib kelmoqda. Suhayb juda xafa. Bizda tayyor o'rinbosar yo'q edi, shuning uchun hech kimni bekor qilishga to'g'ri kelmadi. Hozircha bu pozitsiyaga hech kim kelmaydi, chunki Driush qaytmoqda".
"Uning o'ynashga tayyorligi borasida bahs kelib chiqdi. U u yoqqa kichik jarohat bilan borgan. "Reynjers" tiklanish olti hafta vaqt oladi deb hisoblaydi, biz esa Eyndxovenda Suhayb reabilitatsiyaning yakuniy bosqichida ekanligini bilamiz".
"Endi u uch kun davomida tiklanish ustida ishlay olmadi, aks holda, balki keyingi haftaning o'zidayoq biz uchun o'ynashga tayyor bo'lardi. Men buni tushunmayapman: hatto gap 4-5 hafta haqida ketsa ham... U ularning ustuvor tanlovi edi, agar haqiqatan ham futbolchini xohlasangiz, undan keyin yana 200 hafta foydalanishingiz mumkin".