Teo Yanssen: Koday Sano PSV darajasidan o'sib ketdi
Teo Yanssen Koday Sanoning PSVdagi o'yini va uning kelajagi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis futbolchining tez orada klubdan ketishini kutmoqda.
Teo Yanssen Koday Sano haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"U [Koday Sano] PSV darajasiga hech qanday muammosiz moslashdi, lekin men sizga bir narsani aytaman: u bu darajadan o'sib ketadi. U shunchalik yaxshiki, faoliyatida albatta keyingi qadamni tashlaydi.
Agar u hozirgidek o'ynashda davom etsa, mavsum yakunida u klubni yana tark etsa, mutlaqo ajablanmayman. Bunda ham juda katta pul evaziga".